“Koʻrkam mahallam” loyihasi doirasida 10 mingdan ziyod koʻchat ekildi

    Yashil sayyora 22 Fevral 2021 1025

    “Mahalla” xayriya jamoat fondi hududlarni obodonlashtirish, kam taʼminlangan oilalarni moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash hamda aholida tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish maqsadida 15-fevraldan 15-martga qadar “Koʻrkam mahallam” loyihasini hayotga tatbiq etdi.

    – Loyiha doirasida fond mablagʻlari va homiylarni jalb etgan holda kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga daraxt koʻchatlari hamda poliz-sabzavot urugʻlarini sotib olishda yordam koʻrsatiladi, – deydi fond respublika boshqaruvi raisi oʻrinbosari Soqijon Karimov. – Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning tomorqa yerida agrotexnik tadbirlar tashkil etiladi.

    Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni tomorqadan samarali foydalanishga oʻrgatishdan iborat.

    Bugungacha loyiha doirasida 10 mingdan ziyod mevali va manzarali koʻchatlar ekildi.

    “Mahalla” fondi matbuot xizmati