Koronavirusning XE shtammiga chalinish bilan bog'liq ilk holat aniqlandi

    AQSHdan Yaponiyaga qaytgan 30 yoshli ayolda koronavirusning omikron shtammining yangi XE ko'rinishi aniqlandi. Bu XE shtammini yuqtirish bilan bog'liq ilk holat sanaladi.

    Mazkur shtamm genetik tahlillardan so'ng aniqlandi. Mutaxassislar shtamni XD, XE va XF mutatsiyasi ta'sirida yuzaga keladigan uchta tarmoqqa ajratadi. XD va XF variantlar omikron hamda omikron-shtamm BA.1ning o'zaro birikishi mahsulidir. XE varianti esa omikron BA.1 hamda BA.2 (stels-omikron)ning birikishidan yuzaga keladi.

    Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti XE omikron-shtammini pandemiyadagi eng xavfli shtamm sifatida e'lon qilgan, deyiladi ria.ru saytida.