O'sha markazda esa uning singlisi 53 yoshli Bev Boro necha yillardan beri ishlayotgan bo'ladi. Bev bemorlar ro'yxatida Krippen familiyasini o'qib, uning qarindoshlaridan biri bo'lishi mumkinligini o'ylaydi va qidirib topadi. Qarasaki, u o'zining tug'ishgan opasi bo'lib chiqadi.
“Bu Allohning mo''jizasi. U meni bu erga jo'natdi. Agar u bu erga kelishni nasib qilmaganida, men singlimni hech qachon topa olmasdim”, deydi Krippen jurnalistlarga bergan interv`yusida.
Nashrning xabariga ko'ra, opa-singil 50 yil bir-birini ko'rmagan. Ularning otasi bir, onasi boshqa. SHuning uchun ham ularning boshqa uka va singillari bor. Opa-singil bir-birini topishga ko'p bora harakat qilgan. Lekin ularning urinishlari besamar ketgan. Ular hozir koronavirusga rahmat aytishmoqda!
SHunaqa ajoyib va qiziqarli holatlar ham bo'lib turadi hayotda...