Koronavirus bilan kurashda umid uchquni bor

    Umidning yashil nihollari bor va mamlakat, mintaqa, shahar yoki qishloq qayerda joylashganidan qatʼiy nazar, COVID-19 tarqalishini toʻxtatishga hech qachon kech boʻlmaydi

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Tedros Adxanom Gebreyesusning taʼkidlashicha, dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar va qurbon boʻlayotganlar soniga qaramay, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda umid uchquni mavjud.

    “Umidning yashil nihollari bor va mamlakat, mintaqa, shahar yoki qishloq qayerda joylashganidan qatʼiy nazar, COVID-19 tarqalishini toʻxtatishga hech qachon kech boʻlmaydi”, deya uning soʻzlarini keltiradi RIA Novosti.

    Gebreyesusning taʼkidlashicha, baʼzi mamlakatlarda infeksiyaning tarqalishi erta bosqichda toʻxtatilgan. Bularga, xususan, Yangi Zelandiya, Ruanda, Karib va Tinch okeanidagi bir nechta orol davlatlari kiradi.

    Shu munosabat bilan Gebreyesus davlatlar rahbarlarini harakat qilishga, fuqarolarni esa yangi cheklov choralariga rioya qilishga chaqirdi.