Hatto, vaksina topilgan taqdirda ham kasallikni batamom yoʻq qilishga qodir boʻlmaydi, deydi britaniyalik yetakchi mutaxassislar.

Bi-bi-si xabariga koʻra, Britaniya parlamentining sogʻliqni saqlash qoʻmitasida chiqish qilgan Wellcome Trust tresti rahbari, professor Jeremi Farrar, Bosh vazir Boris Jonson ilgari vaʼda qilganidek, Rojdestvo kuni ham hayot normal holatga qaytishiga umid yoʻqligini aytdi.

“Agar biz hech boʻlmaganda oʻzimizni mamnun va beparvo tutsak va hammasi oʻtib ketishiga ishonch hosil qilsak, shubhasiz ikkinchi toʻlqinga uchraymiz” dedi u.

Oksford professori Jon Bellning aytishicha, virus qachondir yoʻq boʻlishi ehtimoli kam, dushanba kuni universitetdan olingan ijobiy xabarlarga qaramay, u yerda klinik sinovlardan oʻtgan vaksina prototipi immunitet reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkinligini taʼkidladi.

“Achchiq haqiqat shuki, virus hozir biz bilan birga va u hech qayerga ketmaydi. Vaksina uzoq muddatli taʼsir koʻrsatmaydi, shuning uchun bizda doimiy sikl boʻladi: emlash, keyin yana infeksiya, yana emlash va yana infeksiya” dedi u.