Uning fikriga ko‘ra, hozir dunyoda epidemiologik vaziyat nisbatan barqaror. So‘nggi haftalarda kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari pandemiya boshlangan ilk kunlarga nisbatan sezilarli darajada kam.
– 2023 yilning qaysidir nuqtasida biz COVID-19 pandemiyasini bekor qilishimizga ishonchim komil, – dedi T. Gebreyesus.
Shunga qaramay, hali xotirjamlikka berilishga biroz erta. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, kelgusida koronavirusning yangi mutatsiyalari paydo bo‘lib, pandemiyaning yangi to‘lqinini avj olmasligiga kafolat yo‘q.
Shu bois, barcha aholi qatlami, ayniqsa, xavf guruhiga mansub kishilar to‘liq bosqichda va buster dozada emlanishlari kerak. Bu — jamoaviy immunitetni kuchaytirish orqali kasallikni to‘laqonli jilovlashda muhim.