Koronavirus pandemiyasining yana bir ijobiy tomoni ma'lum bo'ldi

    Yashil sayyora 23 Sentabr 2020 1921

    Germaniyaning Karlsrue Texnologiya instituti olimlari koronavirus pandemiyasi sabab Yer atmosferasiga chiqariladigan uglerod chiqindilari 8 foizga kamayganligini aniqladi. 

    Tegishli xulosalar “Remote Sensing” nashri tomonidan keltirildi.

    Bunga odamlarning avtombillardan kamroq foydalana boshlashgani hamda samolyotlarda uchishni to'xtatishgani sabab bo'ldi.

    Ammo shu bilan birga, olimlar tomonidan atmosferadagi karbonat angidrid konsentratsiyasi o'zgarmaganligi qayd etildi. Zero, ta'kidlanishicha, uning haqiqiy ravishda kamayishi uchun karantin cheklovlari yana bir necha o'n yillar davom etishi kerak.

    Olimlarning taxminlariga ko'ra, chiqindi gazlarni har yili 8 foizga kamaytirilsa, nol darajaga 2055-yilgacha erishish mumkin bo'ladi.