Hisobotga ko'ra, 2020 yilning yanvar`–mart oylarida O'zbekiston Respublikasiga 1 214 000 kishi turistik maqsadda kelgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga kam, degani.

Sayyohlarning 1 160 400 nafari MDHga a'zo davlatlar fuqarolari bo'lib, jami tashrif buyuruvchilarning 95,6 foizini tashkil etadi. Qolgan 53 600 sayyoh (4,4 foiz) esa uzoq xorijiy davlatlardan kelgan.

Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizning 1 435 300 fuqarosi chet elga sayyohlik maqsadida safar qilgan. 2019 yilning shu davriga qiyoslaganda, bu ko'rsatkich 16,7 foizga kamaygan.

                                                                              X.ABULFAYZOV tayyorladi.