Amerikalik olimlar COVID-19 jinsiy aʼzo toʻqimalarida uzoq vaqt saqlanib qolishini, bu esa erkaklarda erektil disfunksiyani keltirib chiqarishini aniqladilar, deb xabar beradi World Journal of Menʻs Health.
Mualliflarning aniqlashlaricha, ilgariroq potensiyadan shikoyati boʻlmagan erkaklarda bu muammo ular infeksiyaga chalingach paydo boʻladi.
“Virus endotelial hujayralarga kirib, koʻplab organlarga, jumladan, jinsiy aʼzoga ham taʼsir koʻrsatishi mumkin”, - deb taʼkidlaydi tadqiqot rahbari Ranjit Ramasami.
Koronavirusning oqibatlaridan biri bu - kichik qon tomirlarining shilliq qavatining buzilishi holati boʻlib, natijada toʻqimalar oʻz funksiyalarini yoʻqotadilar.
Bu singari buzilishlar odamlardan kasallikni boshdan kechirgandan keyin darhol va hatto oradan sakkiz oy oʻtgach ham kuzatilgan.
Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, ilgariroq erektil disfunksiyadan shikoyat qilmagan erkaklar koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgach shu singari muammolar rivojlangan.
Tadqiqot mualliflari, ushbu sohadagi har qanday muammoga duch kelgan erkaklar shifokorga murojaat qilishlari lozim, deya ogohlantirishmoqda.