Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tadqiqotchilarining fikriga ko'ra, kasallikka birinchi marta tashxis qo'yilishidan ikki oy oldin taxminan 90 kishi COVID -19 belgilariga o'xshash alomatlar bilan Xitoyning markaziy qismida joylashgan kasalxonaga yotqizilgan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ular Pekindan virusni qachon tarqalishini boshlashini aniqlash uchun qo'shimcha tekshiruv o'tkazishga imkon beriishini talab qilishgan. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, Xitoy hukumati so'nggi bir necha oy ichida ushbu bemorlarning taxminan uchdan ikki qismida antitanachalarni aniqlash uchun sinov o'tkazgan va virusning “izlari” yo'qligini aytgan. Ammo koronavirusining kelib chiqishini tekshiradigan guruh a'zolari bu vaqt ichida antitanachalarning tarkibi ularni aniqlab bo'lmaydigan darajaga tushishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.

 “Qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazish kerak”, — dedi JSST delegatsiyasi rahbari Piter Ben embarek. Guruh a'zolari virusni birinchi marta qachon aylana boshlaganini aniqlash uchun 2019 yilning kuzida Uxan shahrida joylashgan Xubey viloyatida to'plangan qon namunalarini kengroq tahlil qilish kerakligini ta'kidlashdi.

Xitoy koronavirusning birinchi holati haqida 2019 yil dekabr oyi boshida rasman xabar qildi. Virus tarqalishining o'chog'i Uxan shahri deb e'lon qilingan. Rasmiylarga ko'ra, virus tarqalishining manbasi shahar dengiz mahsulotlari bozori bo'lgan.