- koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash ishlariga jalb qilingan hamda ushbu infeksiyani aniqlash laboratoriyasi xodimlari 14 kunlik “vaxta” usulidan, ularning sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda kunbay kelib-ketish tizimiga oʻtiladi;

- ish hajmidan kelib chiqib, 6 kunlik kunbay ishlash mumkinligi belgilangan holda har 30 kun uchun bir oylik ish faoliyati yakuni boʻyicha:

- shifokorlarga 25,0 million soʻm;

- oʻrta tibbiy xodimlarga 15,0 million soʻm;

- kichik tibbiy xodimlarga 10,0 million soʻm;

- boshqa xodimlarga 5,0 million soʻm

miqdorida maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlari (daromad soligʻidan tashqari) toʻlanishi belgilandi.

Kunlik qoʻshimcha toʻlovlardan tashqari, asosiy ish joyidagi oylik maoshi saqlab qolinishi hamda xodimlarning dam olish va bayram kunlaridagi ishlari uchun ularga belgilangan tartibda ikki hissa haq toʻlanadi.

Vazirlik bu masala yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar berib boradi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.