Koronavirusga qarshi 35 milion doza vaksina Oʻzbekistonga olib kelinadi

    Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar fondi va “Laxisam” kompaniyasi koronavirusga qarshi 35 million dozagacha vaksinani Oʻzbekistonga yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishgan.

    Xabar berilishicha, 2020-yilda 10 million doza, 2021-yilda esa yana 25 million doza vaksina yetkazib berish rejalashtirilmoqda. Mazkur vaksina klinik tadqiqotlar natijalariga koʻra, koronavirusga qarshi oʻzining samaradorligi va xavfsizligini isbotlagan.

    Hozirgi vaqtda Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar fondiga MDH, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasining 50 dan ortiq mamlakatlaridan 2020-2021-yillar uchun 1,2 milliard dozadan ortiq vaksinaga buyurtmalar kelib tushgan.