Koronavirusga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” deb nomlandi

    Dunyo boʻyicha birinchi roʻyxatga olingan koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” deb nomlandi. Bu birinchi sunʼiy yoʻldoshning analogiga oʻxshaydi.

    Dunyo boʻyicha birinchi roʻyxatga olingan koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” deb nomlandi. Bu birinchi sunʼiy yoʻldoshning analogiga oʻxshaydi, deb xabar berildi dori veb-saytida.

    “1957-yilda SSSR tomonidan birinchi kosmik sunʼiy yoʻldosh muvaffaqiyatli ishga tushirilishi butun dunyo boʻylab kosmik tadqiqotlarni kuchaytirgandi”, deyiladi xabarda.

    Ushbu sayt Rossiya vaksinasi haqida batafsil va dolzarb maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, baʼzi xalqaro ommaviy axborot vositalarida dori toʻgʻrisidagi notoʻgʻri kampaniyaga qarshi kurashish uchun yaratilganligi taʼkidlangan.

    Bundan tashqari, xabarda dunyoda ishlab chiqilayotgan boshqa vaksinalar haqida maʼlumot berilgan. Gap virusli vektorli vaksinalar va viruslar, nuklein kislotalari hamda oqsillar asosida yaratilgan preparatlar haqida bormoqda. “Sputnik V” vaksinasi adenovirus vektor asosida yaratilganligi aniqlangan. Umuman olganda, dunyoda koronavirus infeksiyasiga qarshi 165 ga yaqin turli xil dorilar ishlab chiqilmoqda.