“Buni emlashdan bir kun oldin amalga oshirish maqsadga muvofiq”, deya tushuntirdi mutaxassis. Shu bilan birga, koronavirusga chalingan bemorlar bilan ikki hafta davomida aloqa qilmaslikni tavsiya qildi.

Bundan tashqari, insonda nafas yo'llari kasalliklari alomatlari bo'lmasligi kerak.

Allergolog Vladimir Bolibokning so'zlariga ko'ra, homiladorlik tekshiruvini ham ushbu ro'yxatga kiritish kerak. Shuningdek, u emlashdan bir necha kun oldin va undan keyin spirtli ichimliklarni cheklash lozimligini eslatdi. Mutaxassis olti hafta davomida niqob va qo'lqop tartibi hamda ijtimoiy masofa saqlash zarurligini ta'kidladi.

Koronavirus infeksiyasining oldini olish uchun dunyodagi birinchi dori “Sputnik V” avgust oyi o'rtalarida ro'yxatdan o'tkazildi. Vaksina Gamaleya markazida Rossiya to'g'ridan-to'g'ri investisiya fondi ko'magida yaratilgan. Ayni paytda vaksinani ro'yxatdan o'tkazishdan keyingi sinovlar olib borilmoqda. Tadqiqotlarning ikkinchi oraliq tahlilidan so'ng emlash 95 foiz samarali bo'ldi.