Koronavirusga qarshi hamma majburiy emlanadimi?

    Salomatlik 23 May 2020 1706

    Jahon tibbiyot assotsiatsiyasi (WMA) raisi Frank Ul`rix Montgomeri koronavirusga qarshi majburiy vaktsinatsiyani yoqlab chiqdi. Bu haqda «RIA Novosti»

    «Men qizamiqqa qarshi majburiy vaktsinatsiya tarafdori bo'lganman. Hozir ham majburiy vaktsinatsiyani yoqlayman», — degan u «Funke» nashriga.

    Montgomerining so'zlariga ko'ra, emlashni xohlamagan kishilar koronavirusni yuqtirib olishsa, sog'ligi ko'tarmaganligi uchun vaktsinatsiya ololmagan odamlarga xavf soladi. «SHu bois biz iloji boricha ko'proq odamlarni emlatishimiz zarur», — deya ta'kidlagan mutaxassis.

    Birinchi navbatda, nogironlar va qariyalar uyida yashovchilarni, shuningdek, ushbu muassasa xodimlarini emlatish darkor.