Joriy yilning 7-noyabr kuni bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston va Xitoyda videokonferensiya shaklida Omikron-Delta shtammiga (yangi koronavirus vaksinasining ikkinchi avlodi) qarshi yangi rekombinant oqsilli vaksinasining xalqaro klinik sinovini boshlash marosimi boʻlib oʻtdi.

— Oʻzbekiston yangi koronavirus vaksinasining ikkinchi avlod vaksinasi hamkorlikda yaralib, tadqiqotlar va klinik sinovlar oʻtkazilayotganidan mamnunmiz. Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi ikkinchi avlod vaksinalari boʻyicha hamkorlik muvaffaqiyatli yakunlanib, Oʻzbekiston va barcha mamlakatlar uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonamiz. Vaksinamizning Oʻzbekistonda sinovlarini boshlash uchun Etika qoʻmitasining ruxsati olingan va bugun sizlar bilan tadqiqotlar va klinik sinovlarni boshlash arafasida turibmiz. Yana bir bor shuni taʼkidlamoqchimanki, mana shunday ilgʻor texnologiyalarga asoslangan taqdiqotlarning Oʻzbekistonda amalga oshirilishi va xavf-xatarlarga tayyor turishi uchun imkoniyat yaratib berayotgani uchun Hukumatimiz, davlatimiz rahbari, shu bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar, elchixonalarga va olimlarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Kelajakda yangi avlod vaksinalarni paydo boʻlishi nafaqat ilm-fandagi hamkorlik natijasi, balki kelgusidagi barcha hamkorliklarga zamin yaratdigan, deb oʻylaymiz, — deydi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.

Xitoy va Oʻzbekistonning ikki tomonlama saʼy-harakatlari bilan ZF2001 yoki ZF-UZ-VAC-2001 yangi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi avlodi muvaffaqiyatli ishlab chiqilgani va butun dunyo boʻylab 300 milliondan ortiq doza qoʻllanilib, global epidemiyaga qarshi kurashga katta hissa qoʻshgan edi. Yangi koronavirus vaksinasining ikkinchi avlodi Omicron-Delta ikki valentli protein subunit vaksinasidir. Virus prototipiga asoslangan birinchi avlod vaksinasi bilan solishtirganda, yangi vaksina kengroq va kuchliroq immun reaksiyasini keltirib chiqaradi, hozirda keng tarqalgan Omikron subvariantlarini qamrab oladi va Omikronning koʻtarilishi davrida yangi koronavirus pandemiyasini nazorat qilishga muhim hissa qoʻshadi.
— “Bir makon – bir yoʻl” tashabbusining muhim boʻlimi sifatida ANSO ikkinchi avlod vaksinasining xorijdagi klinik sinovlarini qoʻllab-quvvatlash uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiradi. Bu hamkorlik milliy imidjni yanada mustahkamlaydi, Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari va tibbiyot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu mamlakatning “Bir makon - bir yoʻl” tashabbusi doirasidagi ishini ham faollashtirdi, — dedi Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi direktori Cao Jinghua.

Ikkinchi avlod oqsil vaksinasining antigenlari yangi koronavirusning Delta va Omikron mutatsiya shtammlari uchun moʻljallangan boʻlib, ular hozirda keng tarqalgan yangi koronavirus Omikron mutatsiya shtammlaridan yaxshiroq himoya qilishi kutilmoqda.