vrach xodimlarga - 2,5 million soʻm;
oʻrta tibbiyot xodimlariga - 1,5 million soʻm;
kichik tibbiyot xodimlariga - 1,0 million soʻm;
boshqa xodimlarga - 500 ming soʻm.

Shuningdek, ushbu qarorga binoan, Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashgan tibbiyot majmualari negizida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tashkil etiladi.

Quyidagilar:

“Universal” sport majmuasida tashkil etilgan 750 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona Ichki ishlar vazirligining markaziy gospitaliga;

“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilyonida tashkil etilgan 814 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;

“Nazarbek” sogʻlomlashtirish maskanida tashkil etilgan 350 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona Milliy gvardiya va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga;

Yoshlik sport majmuasida tashkil etilgan 520 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy harbiy gospitaliga;

“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ 3 va 4-son pavilyonida tashkil etilgan 1000 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona, Sergeli tumanidagi 2-son Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida tashkil etilgan 250 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona va Olimpiya zaxiralari sport saroyida 500 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona Toshkent shahar hokimligiga biriktirildi.