Uning so'zlariga ko'ra, engil COVID bilan kasallangan bemorlarning 12 foizi shunday hissiyotni boshdan kechirgan.

— Bu alomat O'RVI bilan ham paydo bo'lishi mumkin, ammo agar bu hissiyot bir necha kunda o'tmasa va quloqda og'riqlar paydo bo'lsa, siz otolaringologga murojaat qilishingiz kerak, — deya ta'kidladi Pshenichnaya.
Eslatib o'tamiz, shifokorlar koronavirus belgilari ro'yxatiga nafas qisilishi, yuqori isitma, uzoq muddatli yo'tal, hid va ta'mning yo'qolishi va charchoqning ko'payishini kiritgan.

Avvalroq, eshitish tizimidagi o'zgarish koronavirusning yangi alomati deb topilgan. Britaniyalik olimlar COVID-19ning og'ir turida eshitish qobiliyatini to'liq yo'qotish holatlarini aniqladi.

Qo'shma Shtatlardagi Jons Xopkins nomidagi Sog'liqni saqlash maktabi olimlarining ta'kidlashicha, COVID-19 testi infeksiyadan keyingi sakkizinchi kuni eng aniq natijani ko'rsatadi.