Uning taʼkidlashicha, dastlabki tahlillar shuni koʻrsatadiki, virusda koʻp sonli mutatsiyalar mavjud boʻlib, ular keyingi oʻrganishni talab qiladi.
“Koronavirusning ushbu varianti qay darajada taʼsirga egaligini tushunish uchun bizga bir necha hafta kerak boʻladi. Tadqiqotchilar mutatsiyalar va ular nimani anglatishini yaxshiroq tushunish ustida ishlamoqda, bu variant qanchalik yuquvchan ekanligini aniqlashga harakat qilmoqda”, dedi Lindmayer.
Uning qoʻshimcha qilishicha, yangi shtammning, shuningdek, vaksina va diagnostika vositalarining samaradorligiga taʼsiri ham oʻrganilmoqda.
JSSTning Favqulodda kasalliklar boʻlimi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxovening aytishicha, tashkilot yaqinda aniqlangan B.1.1.529 versiyasini diqqat bilan kuzatib boradi. Hozirgi vaqtda shtammning yuzdan kam toʻliq ketma-ketligi maʼlum. Shu bilan birga, erta tahlil shuni koʻrsatadiki, bu variantda koʻp sonli mutatsiyalar mavjud boʻlib, ular keyingi oʻrganishni taqozo etadi.