Korporativ munosabatlarda byurokratiyaning oldi olinadi

    Qonun (OʻRQ-1025-son, 07.02.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Qonunga koʻra, ayrim qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

    • unitar korxona va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat shakllarini tugatish;
    • yuridik shaxslarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish orqali qayta tashkil etishda korxonalarning huquq va majburiyatlari topshirish hujjatida aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligidan qatʼi nazar qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsga oʻtkazilishi;
    • korporativ shartnoma, konsorsium va konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilash;
    • masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi talabni bekor qilish;
    • xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorlarini huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor etish;
    • qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berilganligiga taalluqli axborotni eʼlon qilish.