Korrupsionerlar qora roʻyxati tuziladi va jazo choralari kuchaytiriladi

    Mamlakatimizda 23 Iyun 2021 1870

    Bu borada Adliya vazirligi tomonidan Prezident farmoni loyihasi tayyorlandi va jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilinishi kutilyapti.

    Bu haqda Adliya vazirligining masʼul xodimi oʻzining telegramm kanalida maʼlum qildi.

    Korrupsiyada ayblangan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritiladi;

    reyestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklovlar oʻrnatiladi:

    - davlat xizmatiga qabul qilinmaydi;
    - davlat mukofotlari bilan taqdirlanmaydi;
    - nazorat ostida boʻlgan korxonalar aksiyalariga egalik qila olmaydi.

    2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatchisi, uning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlari daromadlari majburiy deklaratsiya qilinadi.

    Manfaatlar toʻqnashuvi hisoblanadigan mansabdor shaxslarning harakatlari belgilanib, ularni amalga oshirish qatʼiyan taqiqlanadi.

    Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bunda:

    - korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq roʻyxati belgilanadi;
    - bunday jinoyatlar uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo choralari belgilanadi;
    - deklaratsiyalashda aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik va manfaatlar toʻqnashuvi uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.