Koʻrik tanlovga sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan 20 dan ortiq video materiallar kelib tushdi, deb yozdi Kadastr agentligi axborot xizmati. Ularning ichidan yakuniy bosqich uchun eng munosib 11 ta videoni maxsus komissiya aʼzolari saralab berdi.
Finalda videolarni Kadastr agentligi rahbariyati va professional ijodkorlardan iborat hakamlar baholab berishdi.
Natijalar quyidagicha:
1-oʻrin Toshkent shahri
2-oʻrin Toshkent viloyati
3-oʻrin Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Bu oʻrinlardan tashqari, Eng yaxshi sahnalashtirilgan videorolik, Eng yaxshi ssenariy muallifi, Sohadagi muammolar yoritilgan videorolik, Animatsiya koʻrinishidagi eng yaxshi videorolik, Eng kreativ videorolik nominatsiyalari ham oʻz egalarini topdi va qimmatbaho sovgʻalar bilan birgalikda ishtirokchilarga topshirildi.