Bu Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda Janubiy Koreyaning Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari boʻyicha komissiyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, loyiha doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashda korrupsiya haqida xabar berishning oʻrni va taʼsiri” mavzusida soʻrovnoma oʻtkazildi.
Tadqiqotda respondentlarning 74 foizi korrupsiya holatlari haqida xabar berish va 82,2 foizi elektron platforma yoki mobil ilova orqali maʼlum qilish uchun tayyorligini bildirgan.
Korrupsiya holatlari haqida xabar bermaslikning asosiy sabablari sifatida korrupsiyadan oʻzlari manfaatdorligi (19,8%) va kimga murojaat qilishni bilmasligini (20,4%) qayd etishgan.
13,8 foizi esa minnatdorchilik sifatida sovgʻa berishni oddiy hol deb hisoblashini, 7,4 foizi bunday harakatlarni korrupsiya holati deb bilmasligini taʼkidlagan.
Mazkur soʻrovnoma natijalari Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida aks ettiriladi. Yaʼni, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish boʻyicha zarur asoslar yaratiladi.
Bu korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish va ularni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq samarali mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.
Ayni paytda “Clean Portal” platformasi ilgʻor yutuqlari asosida murojaatlarni qabul qilish boʻyicha markazlashtirilgan yagona elektron tizim ishlab chiqilib, hozirda ushbu tizimni ishga tushirish choralari koʻrilmoqda.