Bu haqda agentlikning matbuot xizmati maʼlum qildi.
Shundan, Andijonda 20,0 mlrd. soʻmlik (51 ta), Samarqandda 12,8 mlrd. soʻmlik (52 ta), Jizzaxda 8,3 mlrd. soʻmlik (20 ta), Buxoroda 7,3 mlrd. soʻmlik (33 ta), Qashqadaryoda 7,2 mlrd. soʻmlik (20 ta), Surxondaryoda 7,9 mlrd. soʻmlik (30 ta), Xorazmda 5,3 mlrd. soʻmlik (18 ta), Navoiyda 5,2 mlrd. soʻmlik (16 ta), Namanganda 2,6 mlrd. soʻmlik (11 ta), Fargʻonada 2,0 mlrd. soʻmlik (10 ta), Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3,4 mlrd. soʻmlik (11 ta) va Toshkent shahrida 19,5 mlrd. soʻmlik (51 ta) tanlovlar boʻyicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilganligi maʼlum boʻldi.
Davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilgan tanlovlardan 72 tasi (24,6 mlrd.) tuman (shahar) hokimliklari, 71 tasi (20,9 mlrd.) Xalq taʼlimi vazirligi, 61 tasi (17,9 mlrd.) Sogʻliqni saqlash vazirligi, 33 tasi (11,1 mlrd.) Maktabgacha taʼlim vazirligi, 24 tasi (7,9 mlrd.) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, 9 tasi (3,6 mlrd.) Suv xoʻjaligi vazirligi va qolgan 54 tasi (15,5 mlrd.) boshqa vazirlik va idoralar hisobiga toʻgʻri keladi.
Monitoring yakunlari boʻyicha byudjet buyurtmachilari tomonidan eʼlon qilingan 101,5 mlrd. soʻmlik 324 ta tanlovni bekor qilish haqida vazirlik va idoralarga 268 ta taqdimnoma kiritildi, deyiladi xabarda.