Agentlikning asosiy vazifalaridan biri korrupsiya yuqori boʻlgan sohalarni chuqur tahlil qilish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hisoblanadi.

Byudjet mablagʻlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat qilish masalalari ham Agentlikning vakolatlar doirasiga kiradi.

Bundan tashqari, Agentlikka davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi hamda deklaratsiyadagi maʼlumotlarning haqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish vazifasi yuklanadi.