Bu haqda Agentlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Texnik tadbirlar munosabati bilan korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun moʻljallangan 1253 qisqa raqamining xizmati vaqtinchalik cheklanadi.
Ayni davrda korrupsiya holatlari toʻgʻrisida xabar berish, shikoyat qilish yoki huquqiy maslahat olish uchun Agentlikning (71) 202-04-02 telefon raqami hamda ichki raqamlar — 446 va 435 orqali operatorlar bilan bogʻlanish mumkin.
Maʼlum qilinishicha, mutaxassislar tomonidan qabul qilingan har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Agentlik keltirilgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr soʻradi.








