Yurtimizda xalqaro darajadagi ISO sertifikatlari bilan ta'minlash, ularning baholash me'zonlarini ushbu ko'rsatkichlarni inobatga olib baholash to'g'risidagi mezonlarga ko'ra ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqida O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qiziltepa tumanining “Vang'ozi” QFY hududida joylashgan va viloyatda ko'plab qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan “Vang‘ozi Davroni” korxonasida xalqaro darajadagi standartlar joriy etilib, Slovakiya davlatining “Astraia management” sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan ularga ISO 9001, 14001, 45001 sertifikatlari topshirildi.
Ushbu sertifikatlarga ega bo'lgan korxona va tashkilotlar respublikada joriy etilgan yagona “qurilishda tanlovlarni o'tkazish bo'yicha komissiya”ga hujjat taqdim etishi va belgilangan imtiyozga ega bo'lishlari mumkin.