Qidiruvdagi mashinalar topildi

    Voqea-hodisalar 9 Aprel 2025 708

    Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining ishi yurituviga sudning qaroriga asosan qarzdor jamiyatdan undiruvchi Toshkent shahar "TIF Milliy bank" AJga jami 12 mln. 939 ming AQSH dollari miqdorida qarz undirish va undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan garovdagi 191 ta avtotransport va texnika vositalariga qaratish yuzasidan ijro hujjati kelib tushgan.

    Majburiy ijro byurosining xabar berishicha, ijro hujjati yuzasidan Byuroning markaziy apparatida tegishli ijro ishi qoʻzgʻatilib, qarzdorga uning huquq va majburiyatlari tushuntirilgan xolda qarzdorlikni bartaraf etish uchun ixtiyoriy muddat berilgan.

    Afsuski, berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik toʻlanmagan va tegishli tartibda majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

    Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning manziliga borilganda garovdagi ayrim avtotransport vositalari manzilda yoʻqligi aniqlangan va ularga nisbatan Qonunning 42-moddasiga asosan qidiruv eʼlon qilingan.

    Tezkor qidiruvlar natijasida qidiruvda boʻlgan “Toyota land cruiser” rusumli avtomototransport hamda Mercedes-Benz (Beton nasos) rusumli avtomototransport topildi va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib undiruvchiga topshirildi.