Bu haqda Raqobat qoʻmitasi maʼlum qildi.
Oʻrganish ishlariga asosan Qoʻmitaning isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha Maxsus komissiyasi tomonidan qoʻzgʻatilgan ishda "Korzinka" supermarketlar tarmogʻi brendi ostida faoliyat koʻrsatuvchi "Anglesey Food" MCHJ XK aybdor deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash yuzasidan sudga kiritish boʻyicha qaror qabul qilindi, shuningdek, unga ushbu reklama boʻyicha qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilgan holatlarni bir oylik muddatda bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.
Maʼlumot oʻrnida, vakolatli organning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Avvalroq, Raqobat qoʻmitasi "Korzinka" supermarketlar tarmogʻi ("Anglesey Food" MCHJ XK) tomonidan joylashtirilgan reklama boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilgan edi.
Shuni alohida taʼkidlab oʻtgan boʻlar edikki, Raqobat qoʻmitasi barcha tadbirkorlik subyekti vakillarini mamlakat iqtisodiyoti va aholining bandligini taʼminlashdagi hissalarini qadrlagan holda, mamlakatimizda mavjud amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan qonuniy faoliyat olib borishlarini va jamiyatimizda demokratik qonuniy muhit shakllanishiga oʻz hissalarini qoʻshishlarini soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.