Kosmetik operatsiyalar nega ko'paymoqda?

    2010 yildan 2018 yilgacha kosmetik muolajalar va operatsiyalar soni deyarli ikki baravar ko'paydi — 117 000 dan 225 000 dan ortiq. 

    Kayli Djenner o'z lablarining kosmetik operatsiya natijasi ekanligini tan olishi bilan ayollar orasida kosmetik muolajaga qiziqish ortib ketdi. Yosh ayollarning kosmetik jarrohlik operatsiya o'tkazishlariga nima turtki bermoqda? Ijtimoiy tarmoqlarda kundan kunga go'zallik standartlarining o'zgarib borishi yosh ayollarga o'zini o'zi to'g'ri baholay olishga ta'sir etmoqda.

    Kosmetik jarrohlik inson qiyofasini o'zgartirishning tobora ommalashib borayotgan usuliga aylanib bormoqda. 2010 yildan 2018 yilgacha kosmetik muolajalar va operatsiyalar soni deyarli ikki baravar ko'paydi — 117 000 dan 225 000 dan ortiq.

    Janubiy Avstraliya universitetining yaqinda o'tkazgan tadqiqotlariga ko'ra, ijtimoiy tarmoqdan muntazam foydalanadigan yosh ayollarning aksariyati o'z ko'rinishidan qoniqmaydigan hamda kosmetik jarrohlik o'tkazishga moyil ekanligi aniqlandi. Tadqiqotda 238 nafar avstraliyalik ayollar (18-29 yoshli) qatnashib, shuning 16% allaqachon kosmetik jarrohlik o'tkazib bo'lganliklari, shularning yarmidan ko'pi (54%) kelajakda jarrohlik o'tkazishni o'ylab qo'yganliklari ma'lum bo'ldi. Faqat 31% ushbu jarrohlik amaliyotini qilmasliklarini bildirishgan.

    Muammo shundaki, kosmetik jarrohlik tarafdorlarining aksariyatini yoshlarni tashkil qilib, hali o'z go'zalliklarini yo'qotmay turib, nega kun sayin ularda o'z tabiiy ko'rinishlariga nisbatan negativ munosabat shakllanib ulgurmoqdaligida? Tadqiqotchilar mazkur masala psixologik jihatdan tadqiq o'tkazish samaraliligini e'tiborga olib, onlayn ijtimoiy so'rov o'tkazishdi.

    So'rovnomada bir nechta savollar orqali ijtimoiy tarmoqdan muntazam foydalanuvchi, tabiiy chiroyni afzal ko'ruvchi va kosmetik jarrohlikka ijobiy munosabat bildiruvchi yosh ayollar o'rtasidagi o'zaro qarashlar va bir-biriga munosabatlari o'rganildi.

    Unga ko'ra, tabiiy chiroyni afzal ko'ruvchi ayollar kosmetik jarrohlik tarafdorlariga nisbatan negativ munosabatda ekanliklari hamda o'z tashqi ko'rinishini haddan ortiq kritika qilish kosmetik jarrohlik qilishga etaklashi anglashildi. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchilar esa ko'proq o'zini-o'zi solishtiruvchi, o'z tashqi ko'rinishidan qoniqmaydigan kayfiyatdagi ishtirokchilar ekanligini aniqlandi. Ushbu tadqiqot ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va kosmetik jarrohlikka bo'lgan munosabat o'rtasidagi bog'liqlik yuqoriligini ko'rsatdi.