Kosmetika va dorivor mahsulotlari Yaponiya bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi

    Sanoat 19 Aprel 2022 1886

    Oʻzbekiston elchisi Muhsinxoʻja Abdurahmonov Yaponiyaning kosmetika va dorivor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Cosmo Beauty Co. Ltd” kompaniyasi direktori Takashi Yamazoye bilan uchrashdi.

    “Cosmo Beauty Co. Ltd” kompaniyasi 1949-yilda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha oʻz faoliyatini boshlagan. 1986-yildan buyon esa kompaniya kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Keyinchalik dori-darmonlar ishlab chiqarishni ham yoʻlga qoʻydi. “Cosmo Beauty Co. Ltd”ning yillik savdo aylanmasi 450 million dollardan ziyod.

    Oʻzbek diplomatlari kompaniyaga safar davomida ishlab chiqarish obyektlari faoliyatini koʻzdan kechirdi. Kompaniya Prezidenti Takashi Yamazoye oʻzbek kompaniyalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga, jumladan, Oʻzbekiston bozori uchun oʻzbek brendlari ostida kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarishga tayyor ekanligini maʼlum qildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.