Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK maʼlum qilishicha, yuzaga kelgan ushbu yongʻinning metropoliten tizimiga bogʻliqlik xolati mavjud emas. “Kosmonavtlar” bekatidagi barcha qurilmalar normal holatda ishlamoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Afrosiyob va Sh.Rashidov koʻchalari kesishmasi oldida joylashgan yer osti tunnelida elektr simlarini tutagan.

Voqea joyiga 9 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 08:15 da yetib borib, soat 09:08 da qurshab olingan va hodisa soat 09:15 da bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok boʻlish xolatlari qayd etilmadi.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.