Kosmosga chiqish uchun temiryo‘l texnologiyasi

    Xitoy Raketalarni kosmosga uchirish uchun temir yo'l texnologiyasi ustida ish olib bormoqda.

    Olimlar Boeing 737 dan ham uzunroq 50 tonnalik kosmik kemani koinotga olib chiqsh uchun elektromagnit uchirish tizimini ishlab chiqmoqdalar.

    South China Morning Post ta’kidlashicha, "gigant temir yo'l quroli" sifatida tanilgan tizim kosmik kemani 1,6 Machgacha tezlikda tezlashtirish uchun mo'ljallangan. Kema marshrutning so‘nggi nuqtasiga yetib borganidan so‘ng, qurilma dvigateli tovush tezligidan yetti marta kosmos chetiga yetgunga qadar uni tezlashtiradi.

    Loyiha amalga oshirilsa, kosmik parvozlar uchun yoqilg‘i sarfi sezilarli darajada kamayadi. Yoqilg‘i baklari kichraytirilsa uni o‘rniga qo‘shimcha foydali yuklarni tashish va pulni tejash imkonini ham beradi. Loyiha qiyinchiliklariga qaramay, to'siqlar va moliyaviy muammolarni yenggan holda, olimlar uni amalga oshirish ustida faol ishlamoqda.

    Xitoy kosmik ob'ektlarni uchirish uchun bunday elektromagnit tizimlarni ko'rib chiqayotgan yagona davlat emas. Hozircha loyihaning haqiqatga aylanishi noma'lum bo'lsa-da, magnit texnologiyasining potentsial afzalliklari va istiqbollari uning muvaffaqiyatida asosiy omillari bo'lishi mumkin.