Xususan, tumandagi “Obod” mahallasida “Obod qishloq” davsturi asosida 3 milliard 918 million soʻm mablagʻ hisobiga 120 oʻrinli 44-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurib, foydalanishga topshirildi.
Tashkilotda taʼlim-tarbiya uchun sharoitlar muhayyo etilgan. Bu yerda mental arifmetika, ingliz tili va karate toʻgaraklari ham ish boshladi. Quvonarli tomoni tashkilot faoliyatini boshlashi hisobiga qoʻshimcha 25 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Shuningdek, “Arabxona” mahallasida ham Prezident qaroriga asosan, 5 milliard 868 million soʻm mablagʻ hisobiga 150 oʻrinli 45-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham yangi qurilib, bolajonlar ixtiyoriga topshirildi. Bu yerda esa 30 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etildi.
Tashkilotlarning ochilish marosimlariga Koson tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri, boʻlim masʼullari va mahalla faollari qatnashdi.