Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boşqarmasi Boş prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazdi.
Maʼlum qilinişiça, tuman hokimi örinbosari mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, hokimlik tomonidan mahalliy tadbirkorga ijara asosida berilgan yer maydonini boşqa tadbirkorga olib beriş bilan tahdid qilgan. Evaziga u öz xonadoniga 20 kVt quvvatli quyoş panellarini örnatib berişni talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida mansabdor şaxs quyoş panellarini sotib oliş va örnatiş xarajatlari uçun möljallangan 65 mln sömni özining xizmat avtomaşinasida olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan mansabdor şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.