Kosonsoyda noyob kitoblar topildi

    Ular orasida XIV - XX asrlarga oid qo‘lyozma va toshbosma kitoblar mavjud.

    Kosonsoy tarix muzeyiga uzunqishloqlik Abdujabbor ota tomonidan taqdim etilgan ushbu jamlanmadan islom tarixi, fiqh, mantiq, adabiyot, hadis, hadis sharhiga oid “Tuhfatul obidin va insol oshiqin”, “Al Abrori jon”, “Marotil muaqqadin” (turkiy hadislar toʻplami), “Gʻazal kitobi” (Fazliy Namangoniy), “Risolai margʻub” (masala kitobi), “Miftohi Yunon”, “Qissai Ibrohim Adham”, “Qissasul Anbiyo” kabi kitoblar oʻrin olgan.

    Ushbu kitoblarning aksari Namangandagi Matbai Isʼhoqiya va Toshkentdagi Gʻulom Hasan Orifjonovlar bosmaxonalarida inqilobgacha boʻlgan davrda chop etilgan, deya xabar bermoqda naminfo telegram kanali.