Bu haqda Yevropa Kengashi Prezidenti Antonio Kosta aytib o‘tdi, deb xabar berdi Al-Monitor.
“Energiya tashish narxlarining oshishi tufayli mamlakat (Rossiya) Ukrainaga qarshi mojaroni moliyalashtirish uchun yangi resurslarga ega bo‘lmoqda. U aks holda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan harbiy kuchlarning boshqa yo‘nalishga yo‘naltirilishidan foyda ko‘rmoqda”, dedi u.
Yevropa Kengashi Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi vaziyat birinchi o‘ringa chiqqani sababli, Moskva Ukraina mojarosiga e’tiborning kamayishidan ham foyda ko‘rmoqda, deb xabar berdi lenta.ru.