— Olingan maʼlumotlarga koʻra, saylov uchastkalariga tashrif buyurgan shaxslarning 53 nafarida tana haroratining koʻtarilishi aniqlanib, darhol boshqalardan alohida xonaga (izolyatorga) ajratildi va ularga tegishli tibbiy yordam koʻrsatildi. Shu bilan bir vaqtning oʻzida yashirin ovoz berishlari tashkil etildi.
Yurtimizdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda 25 ta saylov uchastkasi tashkil etilib, shifoxonada davolanayotgan 3 ming nafar saylovchi (bemorlar) ovoz berishlari uchun imkoniyat yaratildi.
Shuningdek, respublika boʻyicha 150 dan ortiq shifoxonalarda saylov uchastkalari tashkil etilib, ularda davolanayotgan bemorlarning ovoz berishlari taʼminlandi.