Hamkorlar tomonidan taʼlim sohasida va sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarining malakasini oshirish, tibbiyot fanini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni maqsad qilgan Memorandum imzolandi.

“Doktor Maqsudovaning innovatsion klinikasi” (DMC) oftalmologiya yoʻnalishida tashkil etilgan boʻlib, bugun uning tarkibida bir qator yoʻnalishlar mavjud. Jumladan, ular orasida koʻz mikrojarrohligining koʻz kasalliklarini davolashda koʻz kosasi ichiga kirib, koʻz pardasiga yoʻl olish imkonini beradigan “vitrektomiya” usulini qoʻllaydigan yoʻnalish ham mavjud.

Bunday operatsiyalarni olib borish uchun klinika yuqori professionallikka ega boʻlgan oʻz oftalmolog-mikrojarrohlarini chet elda oʻqitishini taʼminlagan. Lekin bunday mutaxassislarga respublikaning barcha hududlarida talab yuqori. Ularni Oʻzbekistonda tayyorlashga “DMC” klinikasidagi mavjud yuqori aniqlikdagi simulyator yordam beradi.

Milliy palata va “DMC” ushbu simulyatorining imkoniyatlaridan keng foydalanishni rejalashtirgan. Bu ushbu sohaning dunyo miqyosidagi rahnamosi VR Magic (Germaniya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bunday simulyator bugun tibbiyot oliygohlari bitiruvchilarining oliy taʼlimdan keyingi taʼlim olishi hamda kasbiy faoliyatini yuritayotgan shifokorlar malakasini oshirish uchun zarur.

Memorandumni imzolash jarayonida oftalmojarrohlar attestatsiyasini Yevro Ittifoq mamlakatlari tizimi asosida takomillashtirish ham joy olganligi taʼkidlandi.

Koʻz kasalliklari bilan shugʻullanadigan mikrojarrohlarni tayyorlashdagi oʻzgarishlar bemorlar uchun nima berishi haqida “DMC” taʼsischisi va direktori, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash tizimining xizmat koʻrsatgan xodimi Zulfiya Maqsudova suhbat davomida tushuntirdi.

“Ushbu simulyatsiya apparati oftalmolog-mikrojarrohning har bir harakatini katarakta va koʻz gavhari implantatsiyasi (almashtirish) kabi yuqori texnologiyali operatsiyalarda ham kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, koʻz kosasi kasalliklarini davolashda ham, koʻz toʻrida operatsiya jarayonida uni koʻchirishda, yoki ushbu toʻqimalar bilan bogʻliq boshqa kasalliklarni davolashda ham qoʻllaniladigan viktrektomiya usulidagi operatsiyalarda ham.

Ushbu simulyator nafaqat oʻqitish, shuningdek oftalmolog-mikrojarrohning barcha amaliy harakatlarini tekshirish imkonini ham beradi. Bunda har bir harakat kompyuter yordamida nazorat qilinadi, va operatsiyaning navbatdagi bosqichidan oʻtmasdan kompyuter sizning keyingi bosqichga oʻtishingizga yoʻl qoʻymaydi. Simulyatorda oʻrganish mikrojarrohning har bir harakatini avtomatlashtirish darajasiga yetkazadi. Bu murakkab texnikani chalgʻitib boʻlmaydi. Agar mikrojarroh yetarli darajada professional boʻlmasa, simulyator uning ojiz tomonlarini obyektiv ravishda koʻrsatib beradi. Bu esa amaliyot oʻtayotgan bizning shifokor oftalmologlarimizga ular uchun oʻqish jarayonida yuqori professionallik darajasiga yetish uchun yana nimaning ustida ishlashlari kerakligini aniq tushunish imkonini beradi”.

Ushbu simulyatorning Markaziy Osiyoda hozircha yagona ekanligini inobatga olib, Milliy palata uning imkoniyatlaridan foydalanish uchun qoʻshni mamlakatlardan ham mikrojarrohlarni jalb etishni rejalashtirgan, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati.