Tezpishar taomlarning koʻz nuriga zarari haqida mutaxassislar doim oʻz fikrlarini bildirib keladi. Bular ayniqsa, xizmat yoki qiziqish yuzasidan kompyuter qarshisida koʻp vaqtini oʻtkazadigan kishilarga taalluqli.

Ularning aytishicha, koʻzning optik qismi tashqaridan tushadigan nurni qabul qiluvchi – gavhar, shox parda va shishasimon tanadan iborat boʻlib, ular tashqaridan tushadigan nurni sindirib, koʻz orqasidagi toʻr pardaga tushirib beradi va koʻzimiz 100 foiz koʻra boshlaydi. Agarda ulardan bittasida zoʻriqish yoki tugʻma nuqson kuzatilsa, koʻrish qobiliyati past boʻladi.

Koʻz gavhari elastik boʻlib, uzoqqa qarsak torayib, yaqinga qarasak kengayib oladi. Ularning faoliyatini boshqaruvchi mushakchalar bor.

Inson kompyuter, telefon, planshet kabilarga yaqin masofada uzoq muddat oʻtirib ishlasa, bu mushaklar qotib qoladi. Yaqin masofada kengaygani bois, keyinchalik uzoqqa qarasangiz ham kuz gavhari toraymaydi. Shu tariqa bir yilda koʻzning uzoq-yaqinga moslashuvchanligi yoʻqoladi. Koʻzda “minus” koʻrish paydo boʻladi. Agarda buning oldi olinmasa koʻz oynak taqishga toʻgʻri keladi.

Qovoq bir daqiqada 100-marta ochilib, yopilish kerak. Qattiq tikilganda bu vazifa 50-marta bajariladi. Koʻz ochiq qolgandan keyin shilliq qavatni kompyuter nuri kuydiradi. Buning oldini olish uchun har 20 daqiqa koʻz mashqlarini bajaring. Buning uchun 20 soniya davomida kompyuterdan taxminan 6 metr uzoqlikda joylashgan biror predmetga tikilib qarab turing.