"Koʻzlardagi dunyo" kitobi taqdimoti

    Madaniyat 11 Oktabr 2023 890

    Urganch davlat universitetida Oʻzbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan marhum shoir, taniqli munaqqid, adabiyotshunos olim Bahodir Sodiqning “Koʻzlardagi dunyo” kitobi taqdimoti va adabiy anjuman boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlinmasi rahbari, shoira Gavhar Ibodullayeva, Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Mirzo Kenjabek va boshqa ijodkorlar tomonidan shoir Bahodir Sodiq xotirlanib, uning adabiy ijodi, "Koʻzlardagi dunyo" kitobining mohiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bayon etdi.

    Anjumanda davomida Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, shoir Bahodir Sodiq hamda anjumanga tashrif buyurgan ijodkorlar qalamiga mansub oʻqilgan sheʼrlar ishtirokchilarga xush kayfiyat baxsh etdi.