Ko‘zlarimizni yumganda nega naqshlar ko‘rinadi?

    Qorong‘u xonada ko‘zimizni yumganda yoki ochganda, baʼzi-baʼzida turli naqshlar, aylanmalar yoki chaqnayotgan yorug‘lik ko‘ringandek bo‘ladi. Ushbu vizual effektlar kasallik tufayli yuzaga kelishi mumkin, lekin ko‘p hollarda bu zararsiz vizual gallyutsinatsiyadir.

    Kvinslend texnologiya universiteti olimasi Katrina Shmid tushuntirganidek, bizning ko‘zlarimiz qorong‘uda ham ishlashdan to‘xtamaydi, aksincha yorug‘likka taqlid qiluvchi zaif ichki signallarni yaratadi. Biz ko‘rgan rangli chiroqlar va to‘lqinlar ko‘zning orqa qismidagi hujayralar faoliyati o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.
    Miya bu signallarni qabul qiladi va ularni tasodifiy maʼlumot sifatida dekodlaydi. Miya ularning real yorug‘likdan kelib chiqmayotganligini bilmaydi, shuning uchun biz rangli chiroqlar va aslida real bo‘lmagan naqshlarga hayratlanamiz.

    Albatta, bu hol sog‘lom insonlarda ham kuzatiladi. Lekin bu retinal muammolarning belgisi ham bo‘lishi mumkin.

    Ammo istalgan kishi shunchaki ko‘zlarini bosib ishqalasa ham bu illyuziyalar sodir bo‘lishi mumkin. Biroq, Katrina Shmidga ko‘ra, ataylab bunday qilish tavsiya etilmaydi.