Bu haqda “Delfa” delfinlarni qutqarish ilmiy-ekologik markazi direktori va hammuassisi Tatyana Beley ma'lum qildi.

“Mart oyi oxiriga kelib, Krasnodar o'lkasi va Siriusda kitsimonlar soni tez o'sdi. Ishonch telefoniga har kuni ko'p qo'ng'iroq bo'ldi. Faqat oxirgi haftaning o'zida biz delfinlarning nobud bo'lgani bilan bog'liq 101 ta holatni qayd etdik, 31-mart kuni bizga oxirgi oyda jami 137 kitsimon nobud bo'lgani haqida ma'lumot berildi: “Bu jiddiy raqam”, dedi u.

Uning ta'kidlashicha, kitsimonlar to'rga tushganda nobud bo'lishadi, baliqchilar esa “jasadlardan xalos bo'lishga va ov qilingani bilan bog'liq haqiqatni yashirishga harakat qilishmoqda”. “Ammo bunday miqdorni yashirishning iloji yo'q”, deya qo'shimcha qildi Beley.

Eng xavfli jihat baliq tutadigan to'rlar bilan bog'liq. “Ular uchun muqobillarni izlash va umuman baliq ovlash qoidalarini qayta ko'rib chiqish kerak – aks holda Qora dengiz delfinlarsiz qoladi”, dedi ekspert.

Beleyning ta'kidlashicha, delfinlar mavsumiy hodisalardan, ularda turli kasalliklar kuchayganida ham nobud bo'ladi, shuning uchun iloji boricha tadqiqot uchun sutemizuvchilardan namunalar olinadi, deb xabar beradi ria.ru.