Krasnodardan Toshkentga charter aviaqatnovi amalga oshiriladi

    Transport 25 Noyabr 2020 553

    2020-yil 1, 8 va 15-dekabrda Krasnodardan Toshkentga charter qatnov amalga oshirilishi maʼlum boʻldi.

    Jadval va aviachiptalar narxi bilan aviakompaniyaning https://www.uzairways.com/uz/press-center/news/krasnodar-toshkent-charter-qatnovi saytida tanishish mumkin:

    Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan Oʻzbekistonga havo qatnoviga PZR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (qatnov joʻnashidan oldin kamida 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi. PZR maʼlumotnomasiga ega boʻlmagan yoʻlovchilar parvozlarga qoʻyilmaydi, deb xabar beradi “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi matbuot xizmati.

    Shuningdek, xabarda aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, “Uzbekistan airways” AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki yoʻlovchilarning oʻz mintaqalaridagi savdo agentlaridan sotib olish mumkinligi maʼlum qilingan.