Unda Krasnoyarsk oʻlkasida uzoq yillardan buyon yashab kelayotgan vatandoshlar, sanʼat namoyondalari, talabalar, mahalliy hokimiyat hamda Krasnoyarsk oʻzbeklari hududiy milliy-madaniy avtonomiyasi vakillari, shuningdek, hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.
Taʼkidlash kerakki, “Qovun sayli” festivali krasnoyarskliklar oʻrtasida katta qiziqishga sabab boʻldi. Festivalga tashrif buyurganlarga qovun, tarvuz va oʻzbek milliy taomlar ulashildi.
Tadbirning madaniy qismida “Nihol” mukofoti sovrindori Izzatbek Xoliqov, “Fayzi navo” guruhi va Tomsk shahridagi “Yarada” raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar hamda raqslar barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Festival doirasida, shuningdek, oʻzbek milliy kurashi boʻyicha musobaqa ham oʻtkazildi, deb xabar beradi “Dunyo AA.