Qarorga koʻra, 2030-yilga qadar kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
- kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga – 145 trln soʻmga yetkazish;
- kreativ industriya mahsulotlari va xizmatlari eksportini 1 mlrd AQSH dollaridan oshirish;
- sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ish oʻrinlarini 500 mingtaga yetkazish.
2026–2027-yillarda 1-bosqichda quyidagilardan iborat Kreativ industriya parki infratuzilmalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi:
- sayr etish, dam olish va hordiq chiqarish, art-obyekt va monumental sanʼat asarlari hududlaridan iborat yashil bogʻ;
- raqamli dizayn va dasturlash yoʻnalishida nufuzli xalqaro maktab;
- buk-kafe, sport va vorkaut maydonchalari, mehmonxona;
- badiiy ijodkorlar pavilyoni, kreativ ustaxonalar, ekologik ofis xonalari va kovorking markazi.