“Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

    Unga koʻra, kreativ iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish Qonunning maqsadi hisoblanadi.

    Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

    Kreativ industriya sohalaridagi faoliyat yoʻnalishlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi, jumladan:

    — adabiy ijodni;

    — amaliy sanʼat va hunarmandchilikni;

    — arxitektura, loyihalashtirish va urbanistikani;

    — audiovizual sanʼatni;

    — ijrochilik sanʼatini;

    — konsert-tomosha faoliyatini va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etishni;

    — raqamli texnologiyalar sohasidagi ijodiy faoliyatni.

    Kreativ industriya sohalarida fuqarolarning oʻz ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kreativ iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

    Vazirlar Mahkamasi kreativ iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini taʼminlaydi.

    Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi kreativ industriya sohalarini rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan maslahat organidir.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.