Qarorga muvofiq, Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha Respublika kengashi vazifalari belgilandi:

  • Kreativ industriya sohalarini qoʻllab-quvvatlash va istiqbolli yoʻnalishlarni (oʻsish nuqtalarini) aniqlash;
  • Intellektual mulk va mualliflik huquqlarini himoya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • Sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Kengash tarkibi 15 kishidan iborat boʻlib, unga davlat organlari vakillari bilan bir qatorda yetakchi tadbirkorlar va ekspertlar ham kiritilgan.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.