“Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi

    Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.  

    “Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes oʻrtasida muloqot maydonchasi boʻladi.

    Jamgʻarma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million soʻmgacha ssuda beradi.

    Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million soʻm imtiyozli kredit beriladi.

    “Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni oʻzida 10 million dollar yoʻnaltiriladi.

    Shuningdek, 2-4-oktyabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot boʻyicha Toʻrtinchi butunjahon anjumani oʻtkaziladi.

    Tadbir kuniga qadar kreativ industriyani rivojlantirish boʻyicha qonun qabul qilinishi koʻzda tutilgan.