Bu haqda RF IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi “Vnukovo” aeroportida ushlangan va vataniga ekstraditsiya qilingan.
Ushbu shaxs boshqargan kompaniya paxta yetishtirish uchun bankdan 9 million dollarga yaqin kredit olgan. U qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan qariyb 20 million dollar foyda olib, qarz mablagʻlarini qaytarish boʻyicha majburiyatlarini bajarmay, xorijga qochib ketgan.
Oʻzbekiston Interpol milliy markaziy byurosidan ayblanuvchining Rossiyaga kelishi ehtimoli haqida maʼlumot olingach, samolyot qoʻngandan soʻng u darhol ushlangan va oʻsha kuniyoq Oʻzbekistonga joʻnatilgan. Aeroportda esa uni huquq-tartibot idoralari qoʻlga olgan.